Красота жизни здоровым взглядом! * Хаёт гўзаллиги соғлом нигоҳ билан! * Beauty of life with healthy vision!

  • Uzbek
  • Russian

Ish vaqt : du-sha: 08:30 - 18:00
  Tel. : +99855 503-91-99, +99855 503-01-99

Ko’z klinikamiz haqida mijozlarimizning fikr-mulohazalari

NAZAR Medical klinikamiz barcha xalqaro oftalmologiya standartlarga rioya qilish ustidan qattiq nazorat o’rnatgan. Ko’p yillar davomida bizga turli mamlakatlardan kelgan bemorlar ishonib kelishadi. Bular nafaqat yurtdoshlarimiz, balki qo‘shni Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya, shuningdek, Kanada kabi davlatlarda istiqomat qiluvchilar hamdir. Aziz bemorlarimizning samimiy mulohazalari bilan saytimizning “sharhlar” bo‘limida tanishishingiz mumkin, va video sharhlar instagram sahifasida joylashtirilgan. Ularning ba’zilari ko’p yillardan buyon klinikamizning bemorlari. Biz, o’z navbatida, oftalmologga muntazam tashrif buyurishni va ko’zlaringizning sog’lig’i haqida qayg’urishingizni maslahat beramiz.

Toshkent shahridagi ko‘z klinikamizga yozilish orqali siz rejalashtirilgan diagnostika va davolash xizmatlarini to‘liq hajmda olishingizga hamda klinikada bo‘lishingiz mutlaqo xavfsiz o‘tishiga amin bo‘lishingiz mumkin. Saytda klinikamiz xizmatlari ro’yxatini ko’rishingiz mumkin.

Agar bizning bemorlarimiz kabi ko’zoynak va kontakt linzalardan charchagan bo’lsangiz, ko’zlaringiz salomatligi haqida qayg’ursangiz va ajoyib ko’rishni orzu qilsangiz, yuqori malakali oftalmologlarimiz bilan keng qamrovli tashxis uchun ro’yxatdan o’ting. Poytaxtimizdagi oftalmologiya klinikamizdagi zamonaviy jihozlar va tajribali shifokorlar tufayli hozirdanoq tashxisni kechiktirmasdan sifatli va tezkor davolanishingiz, shuningdek, ko’rish sog‘lig‘ingizga g‘amxo‘rlik qilishingiz mumkin.